ALISHER NAVOIY TURK OLIMLAR NIGOHIDA

Authors

  • Davlatova Shaxinabonu Murodali qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti Turkiya tarixi yo‘nalishi Turk-ingliz guruhi 2-bosqich talabasi davlatvashaxina@gmail.com Author
  • A.H. Fayzullayev Ilmiy rahbar: tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Author

Keywords:

Alisher Navoiy, turkiy adabiyot, Usmonli adabiyoti, tazkira, Navoiyshunoslik, adabiy ta’sir, madaniy meros, turkiy tillar, Hirot maktabi, xalqaro filologiya, adabiy an’ana, ilmiy tadqiqotlar.

Abstract

Ushbu maqola buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodining turkiy xalqlar adabiyoti va madaniyatidagi o‘rni hamda boshqa xalqlar, xususan Usmonli turk adabiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qiladi. Unda Navoiy turkiy tilni yuksak badiiy ifoda vositasiga aylantirib, uni adabiy til darajasiga ko‘targani, o‘z davrida mavjud bo‘lgan adabiy janrlarni turkiy muhitda muvaffaqiyatli qo‘llab, yangi namunalar yaratgani haqida so‘z boradi. Maqolada Navoiy ijodining Usmonli adabiyotida tazkira janrining shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri alohida ko‘rsatiladi. Navoiy an’analari asosida turkiy xalqlarda yuzaga kelgan adabiy namunalarning tahlili orqali, u yaratgan maktabning mintaqaviy va davriy chegaralarni yengib o‘tgan kuchli ta’siri yoritiladi. Shuningdek, maqolada turli navoiyshunos olimlarning izlanishlariga tayangan holda, Navoiy merosining xalqaro miqyosdagi ahamiyati, uning adabiy va ilmiy maktablarga bergan turtkilari haqida fikr yuritiladi. Navoiyshunoslik bugungi kunda ham faol rivojlanib borayotgan muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri sifatida baholanadi. Shuningdek, adabiyotshunoslar, filologlar hamda o‘zbek va turkiy madaniy merosiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

References

1. Valixo‘jaev B. Klassik obrazlar. 1-jild.-Toshkent: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2002 y.

2. Boltaboev H. Klassik so`zning qadri. Toshkent: “Adolat”, 2004 yil.

3. G‘aniyeva S. “Majlis un-nafois” turkcha nashri O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2004 yil 3 mart.

4. Salohiy D. Navoiyning Rim yurtiga tuhfasi O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2006 yil 3 fevral. № 5 (3834), 56-b.

5. Alimbekov A. Alisher Navoiy va turk adabiyoti Turk adabiyoti tarixi. O'quv qo'llanma. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti. - 2007 yil.

6. Ruzmonova R. Alisher Navoiy an’analarining Usmonli turkiy she’riyatiga ta’siri (Ahmad Posho va Sayyid Ali Raisi Kotibiy misolida) Filol.fanl.nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati -Toshkent, 2011 y.

7. Ahmet Posho Divoniy. Prof.Dr. Ali Nihat Tarlan tomonidan tayyorlangan. Anqara: Akchag', 1992. - B. 20.

8. Oshiq Chalabiy. Mesha'iru'sh-Shu'aro taqrizi Tanqidiy matn, Haz: Filiz Qilich, chop etilmagan doktorlik dissertatsiyasi, Gazi manzili. SBE, Anqara. 1988 yil

9. Chetindog Yu. Alisher Navoi and Ottoman poetry/translation: N.Hasan, R.Ruzmonova. Tashkent, Muharrir, 2011, pp. 62.

10. Mustafo E. Tazkiradan tarjimai holga. Monografiya. Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. B-34.

Downloads

Published

2025-04-25