BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA JADID ADABIYOTI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH
Keywords:
Jadid adabiyoti, boshlang‘ich ta'lim, ona tili, o‘qish savodxonligi, mustaqil fikrlash, axloqiy tarbiya, milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, intellektual rivojlanish, Behbudiy, Avloniy, Fitrat, ma’naviy kamolot, ta'lim siyosati, milliy o‘zlik, pedagogika.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida jadid adabiyoti namunalaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Jadid adabiyoti, o‘zining ma’rifatparvarlik, vatanparvarlik, axloqiy va estetik qadriyatlarni targ‘ib etuvchi asarlari bilan yoshlarning tafakkurini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, jadid adabiyotining yirik namoyandalari Avloniy, Behbudiy, Fitrat kabi mutafakkirlarning asarlarining ta’lim jarayonidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. O‘quvchilarning nutq madaniyatini, yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirishda, shuningdek, milliy qadriyatlarni anglashda jadid adabiyotining rolini oshirish zarurligi ta’kidlangan.Maqolada, shuningdek, yangi pedagogik metodlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash bilan birga, jadid adabiyotining ma’naviy va tarbiyaviy salohiyatidan ham samarali foydalanish lozimligi ko‘rsatilgan. Jadid adabiyotini boshlang‘ich sinf darslariga kiritish orqali, o‘quvchilarni jamiyat uchun barkamol va bilimli shaxslar sifatida tarbiyalash mumkinligi ta’kidlanadi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun jadid adabiyoti namunalaridan samarali foydalanish yo‘llari va metodlarini o‘rganishga qaratilgan
References
1. Avloniy, A. (1991). Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: Ma’naviyat.
2. Behbudiy, M. (1997). Padarkush. Toshkent: Ma’naviyat.
3. Fitrat, A. (2005). Hind ixtilotchilari. Toshkent: O‘qituvchi.
4. Xolmirzaeva, M. (2011). “Jadid adabiyotining tarbiyaviy ahamiyati”. Adabiyotshunoslik va ta’lim. Toshkent: O‘zbekiston.
5. Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi (2020). Toshkent: Ta’lim.
6. Mirziyoyev, Sh.M. (2016). Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O‘zbekiston.
7. Avloniyning “Ma’rifat” asari.
8. Jadid adabiyoti va uning bugungi ta’limda ahamiyati (2015). Adabiy tadqiqotlar jurnali. Toshkent.