Vol. 3 No. 25 (2025): YOSH OLIMLAR, MAGISTR VA IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY FAOLIYATINI OSHIRISHDA ULARGA QARATILGAN KREATIV G‘OYALAR, YECHIM VA TAKLIFLAR

Ushbu to‘plamda “Yosh olimlar, magistr va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini oshirishda ularga qaratilgan kreativ g‘oyalar, yechim va takliflar” mavzusidagi 19-sonli Respublika ilmiy-amaliy on-line konferensiyasiga kelib tushgan tezis va maqolalar o‘rin olgan.
Mazkur ilmiy-amaliy on-line konferensiyada yosh olimlar, magistr va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini oshirish, zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish va loyihalashtirish, integratsion ta’limni rivojlantirishda yo‘nalishlar bo‘yicha kreativ g‘oyalar, takliflar va yechimlarni amalga oshirish maqsad qilib olingan. Mazkur Respublika ilmiy-amaliy on-line konferensiya materiallaridan OTM professor-o‘qituvchilari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktab o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, ilmiy xodimlar, iqtidorli talabalar hamda shu sohada ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar foydalaishlari mumkin.