OʻZBEKISTON KITOB BOZORIDA “ASAXIY BOOKS”NING OʻRNI
Keywords:
Nop World, nashriyotlar, mutolaa, Zabarjad, Akadem nashr, Ildiz, Hilol nashr, Yangi asr avlodi, TirilishAbstract
NOP World” xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko’ra, butun dunyoda aholisi haftada 6, 5soat vaqtini kitob oʻqishga sarflar ekan. Bu roʻyxatda Hindiston – 10, 7soat bilan 1-oʻrinda. Tailand – 9,4soat va Xitoy – 8 soatlik mutolaa vaqti bilan mos ravishda 2 va 3-oʻrinlarda turishibdi. Koʻrib turganimizdek eng koʻp kitob oʻqiydigab davlatda hozirda eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardir. Bu esa bizga kitob oʻqish rivojlanishning muhim omillardan biror ekanini koʻrsatib bermoqda. Yuqoridagi roʻyxat haftasida 3soat oʻqiydigan davlatlar bilan yakunlagan va afsuski, Oʻzbekiston bu roʻyxatda yoʻq. Xoʻsh, nega? Nega Oʻzbekistonliklar kam kitob oʻqishyapti? Bunga bir necha sabablar borligi hammaga maʼlum. Shu sabablardan biri: oʻzbek tilida hamma kitoblarning ham topilavermasligi. Xoʻp, shunday ekan buni nazorat qilish yoki oʻzebek tilidagi kitoblarni koʻpaytirish kimni vazifasi degan haqli savol tuğiladi. Davlat deyishga shoshilmaslik lozim. Eʼtiborni nashriyotlarga qaratishimiz kerak. Chunki bizga oʻzbek tilidagi sifatli va talablarimizga mos kitoblarni yetkazib beruvchilar aynan, xususiy nashriyotlardir. Ushbu tezis oʻsha nashriyotlardan biri haqida boʻladi.