ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI YOSH BOSQICHIGA OID SO‘ZLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI
Keywords:
arab tili, yosh bosqichlari, chaqaloqlik, keksalik, Fusha, dialekt, sotsiolingvistika.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek va arab tillarida insonning hayotiy bosqichlariga oid leksik birliklarning qo‘llanilishi, ularning semantik va uslubiy xususiyatlari tahlil qilingan. Yosh bosqichlariga oid so‘zlar o‘zbek tili leksikasida qadimdan mavjud bo‘lib, ular turli ijtimoiy, madaniy va mintaqaviy omillarga ko‘ra shakllanib kelgan. Maqolada chaqaloqlikdan to keksalikgacha bo‘lgan bosqichlarga oid asosiy atamalar, ularning sinonimlari, frazeologik ifodalardagi roli, shuningdek, og‘zaki va adabiy tildagi qo‘llanish farqlari tahlil etiladi. Shuningdek, yosh omilining sotsiolingvistik jihatlari, til uslubiyatidagi yoshi asosida baholovchi birliklar ham o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslikda yoshga oid leksik qatlamni tizimli o‘rganishga asos bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, yoshga oid so‘zlarning ijtimoiy baholovchi funksiyasi, gender bilan bog‘liq leksik tafovutlar va zamonaviy arab jamiyatidagi til o‘zgarishlari yoritiladi.
References
1. Abduazizov A. Hozirgi o'zbеk adabiy tili. – T.: O'zbеkiston milliy ensiklopеdiyasi, 2007. – 352 b.
2. Az-Zubaydiy. تاج العروس من جواهر القاموس. – Qohira: الهيئة المصرية، 1994. – 10 t.
3. Al-Fayruzabadiy. القاموس المحيط. – Bеyrut: دار الفكر, 2005. – 1456 s.
4. Ganiеva M. O'zbеk tilida yoshga oid lеksik birliklarning sеmantik tahlili // Filologiya masalalari. – 2018. – №3. – B. 55–60.
5. Hasanova Z. Arab tilida inson yoshiga oid lеksik birliklarning o'ziga xosligi // Sharq tillari va adabiyoti. – 2020. – №2. – B. 87–93.
6. Ibn Manzur. لسان العرب. – Qohira: Dar al-Maarif, 1988. – 20 t.
7. Jo‘raYеv N. Lеksikologiya: nazariy asoslar va amaliy tahlillar. – T.: Fan, 2012. – 256 b.
8. Xusainov A. Qiyosiy tipologik tilshunoslik asoslari. – T.: Fan va tеxnologiya, 2015. – 280 b.