MAHALLIY IPAK VA PAXTA IPLARIDAN YANGI TARKIBLI CHOYSHABBOP TO‘QIMALAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
Mahalliy xom ashyolar asosida olingan iplardan yangi tarkibli to’qima na’munalari ishlab chiqarildi. Bu to’qimani ishlab chiqarish uchun to’qimadagi iplari uchun Xorazm iqlim sharoitida yetishtirilgan paxta va ipak tolasidan olingan iplar, yani tanda ipi sifatida ipak iplari chiziqiy zichligi 3.23x3 teks bo’lgan, arqoq ipi uchun paxta ipi 20 teks iplar ishlatildi. Bu to’qimani Xorazm viloyatidagi Xiva shaxridagi “Khiva fabric silk” korxonasida ishlab chiqildi va shu yerda bo’yash ishlari olib borildi.Yangi turdagi to’qimani ishlab chiqarish uchun oldingi ishlab chiqarilgan to’qima namunalarini tahlil qilib,tahlil natijalari asosida yangi tuzilishli to’qima ishlab chiqarildi.Yangi turdagi to’qimani quyidagicha tahlil qilindi: O’xshash to’qimani to’ldirilish foizi.Abstract
Bugungi kunda O‘zbekiston yengil sanoatining rivojlanishida mahalliy xomashyo asosida sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ichki bozorda sifatli choyshabbop matolar, kiyim-kechak va boshqa turdagi to‘qimalarga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, eksport imkoniyatlarini kengaytirish ehtiyoji yangi tarkibli to‘qimalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishni talab qilmoqda. Mahalliy xomashyolar – paxta va ipak iplaridan samarali foydalanish orqali yangi tarkibli to‘qimalar ishlab chiqish respublika to‘qimachilik sanoatini modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar assortimentini kengaytirish imkonini beradi. Shu bois tadqiqotimizda O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan tabiiy xomashyolar asosida yangi tarkibli to‘qimalar yaratish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish ilmiy-texnik muammosi ko‘rib chiqildi.
References
1. Siddiqov P.S., Umarova M. O. ABOUT FORM LIBIT AND METHODS DETERMINATION PARAMETER WIND THREADS OF THE BASE ON LIBIT-WARPING DRUM. SJIF Impact Factor: 6. 260| ISI I.F.Value:1. 241| Journal DOI: ISSN: 2455-7838 EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). INDIA, 5.03.2020. p.100-102
2. Komilov Akhmadjon, & Siddikov Patkhillo Siddikovich. (2024). DEVELOPMENT AND RESEARCH OF TECHNOLOGICAL PARAMETERS OF A NEW TYPE OF LOCAL TEXTILES FABRIC. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 24, 51–54. Retrieved from https://ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/926
3. Комилов, Ахмаджон Каландар Ўғли, Нодира Бахтияровна Юсупова, and Патхилло Сиддикович Сиддиков. "СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРОИЗВОДСТВА ПОСТЕЛЬНОГО БЕЛЬЯ ИЗ МЕСТНОГО СЫРЬЯ." Universum: технические науки 6.11 (128) (2024): 44-51.
4. Комилов, Ахмаджон Каландар Ўғли, Патхилло Сиддикович Сиддиков, and Нодира Бахтияровна Юсупова. "ИССЛЕДОВАНИЕ СТРОЕНИЯ ПОСТЕЛЬНО-БЕЛЬЕВЫХ ТКАНЕЙ С НОВЫМ СОСТАВОМ." Universum: технические науки 6.11 (128) (2024): 36-43.
5. Umarova Munavvar Omonbekovna, Siddikov Pathillo Siddikovich, Yusupova Nodira Bakhtiyarovna, Komilov Akhmadjon Qalandar o'g'li. STUCTURE OF NATIONAL AVRY HAIR TISSUE AND SPECIFICITY OF ITS PRODUCTION. ACADEMICA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RRESEARRCH JOURNAL. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=krGGD40AAAAJ&citation_for_view=krGGD40AAAAJ:qjMakFHDy7sC