INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMA QILISH MUAMMOLARI
Keywords:
frazeologik birlik, frazeologizm, tarjima, tarjimashunoslik, ekvivalentlik, frazeologik analog, tavsifiy tarjima, lingvomadaniyat, milliy kolorit, kontekst, obrazlilik, uslubiy bo‘yoqdorlik.Abstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Xususan, milliy-madaniy xususiyatlar, ko‘chma ma’no, muqobil variant topish, obrazlilik va uslubiy bo‘yoqdorlikni saqlash hamda kontekstga moslashtirish masalalari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Frazeologizmlarni tarjima qilishda ekvivalentlik, frazeologik analog, tavsifiy tarjima va kontekstual almashtirish usullarining ahamiyati misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida frazeologik birliklarni muvaffaqiyatli tarjima qilish uchun lingvistik bilim bilan bir qatorda lingvomadaniy va ekstralingvistik omillarni ham hisobga olish zarurligi asoslanadi.
References
1. Bassnett S. Translation Studies. – 3rd edition. – London and New York: Routledge, 2002.
2. Gutt E.A. Translation and Relevance: Cognition and Context. – 2nd edition. – London and New York: Routledge, 2010.
3. Oxford Advanced Learner’s Dictionary. – Oxford: Oxford University Press, 2014.
4. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
5. Комиссаров В.Н. Теория перевода (лингвистические аспекты). – М.: Высшая школа, 1990.
6. Саломов Ғ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1983.
