ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH DOIRASIDA KALIY KARBONAT ISHLAB CHIQARISHDA OLINGAN ORALIQ ERITMANING AGROKIMYOVIY TADQIQOTI
Keywords:
Chiqindi, atrof muhit, kaliy karbonat, agrokimyo, oraliq eritma, urug’ unishi, ko’chat uzunligi.Abstract
Chiqindi karbonat angidrid gazlarini qayta ishlash natijasida kaliy karbonat olish jarayonida hosil bo’ladigan oraliq eritmalarni tarkibida azot va kaliyli tuzlar borligini inobatga olib agrokimyoviy tadqiqot g'o'za chigitlarining unib chiqishi, o'sishi va rivojlanishiga ta'siri o’rganildi. Natijada 0,001 va 0,0001% aralashma konsentratsiyasida 100% paxta chigitining unib chiqishi qayd etildi. Urug’ unib chiqqandan keyingi ko'chatlarning o'rtacha uzunligi mos ravishda 11,58 va 12,36 sm yuqori qiymatlarga yetgan. Bu esa nazorat namunasiga 11,30sm nisbatan uzunroq ekanligini ko’rsatdi. Ko'chatlarni og’irliklari bo’yicha o’rganish natijalarida ham xuddi uzunliklari kabi nazorat namuna 0,201 gr ga nisbatan yaxshi natija 0,206 gr ekanligi aniqlandi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi Milliy ma’ruza // O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi. – Toshkent: Chinor ENK, 2013.
2. Ekologiya huquqi. O’quv qo’llanma. H.I.To’xtashev. – T.: TDYU nashriyoti. “Lesson Press” nashriyoti, 2022-y. – 372-b
3. Jo’rayev , B. ., & Nomozov , X. . (2025). Atrof - muhitni asrashning mintaqalararo masalalari: orol muammosi. Modern Science and Research, 4(1), 481–486. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/61658
